O’ZB

meteor-icons:angle-up

DOLZARB

DOLZARB

Superligada birinchi davra tugadi: favoritlar, to‘purarlar va mojarolar

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida birinchi davra o‘yinlari tugadi. Amaldagi chempion «Neftchi» hamon yetakchilik qilmoqda. «Paxtakor» ikkinchi, o‘tgan yolgi kubok finalchisi «Buxoro» uchinchi o‘rinda. Odatda birinchi davradan keyin tanaffus bo‘lar, puli borlar biror yerda yig‘in o‘tkazib kelardi. Transfer oynasi ham tanaffus vaqtida ochiq bo‘lardi. Biroq bu yil JCh sabab taqvim o‘zgarib ketdi, ikkinchi davra ertadan boshlanadi.